03 fev 16:24
Yangiliklar
XOQ Pekinda bazi arenalarga 30 foizgacha odam kiritilishiga umid qilmoqda
Bu haqida Xalqaro olimpiya qo'mitasi ijrochi direktori Kristof Dyubi xabar qilgan.
CHet ellik muxlislar koronavirus pandemiyasi tufayli olimpiadani Pekindan kuzatib borishiga ruxsat etilmadi.
«Tribunalarda tomoshabinlarning bo'lishi va shu bilan birga barcha ishtirokchilarning xavfsizligini taminlash uchun rejalar bor. Bu borada hali kelishuvga erishganimiz yo'q. Lekin shuni aytgan bo'lardimki, bizda ikki-uch joy uchun bir kishi bo'lsa, bu yaxshi natija. Bu musobaqaning ochiq havoda yoki yopiq bino o'tkazilishiga bog'liq.
Eng etiborlisi, bizda tomoshabinlar bo'ladi. Va bu nafaqat o'sha shaharda doimiy yashovchi odamlar, balki umumiy Xitoy aholisi ham, biz buni talab qildik», — dedi Dyubi.
Pekin Olimpiadasi 4-20 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar