So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

24 avg 17:50
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ular JCHga boradilar #9: Sanjar Tursunov

Germaniyadagi jahon chempionatida -91 kg vazn toifasida Sanjar Tursunov O'zbekiston sharafini himoya qiladi.

Terma jamoamizning eng yosh bokschisi hisoblangan Sanjar uchun bu ilk jahon chempionati hisoblanadi. 1998 yilda tug'ilgan sportchi o'tgan yili yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi jangidayoq mag'lubiyatga uchragan. Ammo, ungacha Qozog'istonda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medal sohibiga aylangan.

Albatta Gamburg turniri Sanjar uchun ilk yirik musobaqa. Tursunov 19 yoshida Bektemir Meliqo'ziev singari kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida debyut qilmoqda.



Bokschi uchun ilk yirik turnir bu shu yil may oyida o'tkazilgan Osiyo chempionati bo'ldi. Ushbu turnirni u g'alaba bilan boshlagandi. CHorak finalda esa Olimpiada sovrindori Vasiliy Levitga to'qnash kelgan yosh bokschi mag'lubiyat alamini totishga majbur bo'ladi. Lekin, "box-off" jangida, yani JCH yo'llanmasi uchun bo'lib o'tgan to'qnashuvda eronlik Salar G'ulomini mag'lubiyatga uchratib, o'z maqsadiga erishgandi.



Albatta, Sanjarga Olimpiada, jahon va Evropa chempioni hisoblangan Evgeniy Tishenko, Olimpiada finalchisi va Osiyo chempioni Vasiliy Levit, JCH va Olimpiada sovrindorlari hisoblangan kubalik Erislandi Savonlarga qarshi kurashish juda-juda qiyin bo'ladi. Lekin, shunda ham o'zbek boksi muxlislari undan syurprizlar kutib qoladilar.

Mazkur turnir bokschimiz uchun ulkan tajriba vazifasini o'tab beradi deb hisoblaymiz.


Aziz To'xtamurodov


Ular JCHga boradilar #8: Bektemir Meliqo'ziev


Ular JCHga boradilar #7: Isroil Madrimov


Ular JCHga boradilar #6: SHahram G'iyosov


Ular JCHga boradilar #5: Iqboljon Xoldorov


Ular JCHga boradilar #4: Elnur Abduraimov


Ular JCHga boradilar #3: Murodjon Ahmadaliev


Ular JCHga boradilar #2: Jasurbek Latipov


Ular JCHga boradilar #1: Hasanboy Do'smatov

Reyting:    

Fikrlar

   
24 avg 22:38:43
Husniddin Mirzaliyev
Omad barchasiga!
   
24 avg 21:24:21
JasurBeK
Bektemir 1/8da katta ehtimol bn yevropa vitse chempioni rus bn tuwarkan. Yarim dinalda esa irlandiyalik bn katta ehtimol bn uchrawsa kerak
   
24 avg 21:22:31
JasurBeK
Haqiqatanam , sanjarga qura omadli keldi. Chiranib1 /2ga chiqsa buladi.
   
24 avg 21:18:22
Ихтиёр
энг кийинрок куръа менимча Бектемирга тушибди
   
24 avg 21:16:21
Ихтиёр
эртага биздан факат Санжар Турсунов рингга чикаркан. энг охирги жангда. куръа унга анча омпдли келган бемалол ярим финалгача бориши мумкин. ярим финалгача борсаТишенко чикиши мумкин
   
24 avg 20:58:42
JasurBeK
Aiba saytida chiqdi
   
24 avg 20:51:48
Floyd Mayweather
JasurBeK foydalanuvchining fikriga javob berish
Qur'a tawlaw marosimi buldi. Adminlar uxlamanglar. Xasanboy,shaxram,isroil hattoki sanjarda ham yarim finalgacha unchalik qiyin raqiblar emas. Qolganlari 50/50. Jalolovni 1-raqamli qilib saralabdi qoil aiba.
Qayerdan koryapsiz oka
   
24 avg 20:13:19
Ангрен
Улкан тажриба эмас, бизга натижа керак. Мободо натижа кулга киритилмайдиган булса, урнини бошка боксчига бушатиб беришга мажбур булади. Урин босарлар эса етарлича топилади деган умиддамн. Кейинги йилдан эса Профсорга ухшаган боксчилар хам катталар сафига кушилиб колади худо хохласа
   
24 avg 20:06:30
JasurBeK
Qur'a tawlaw marosimi buldi. Adminlar uxlamanglar. Xasanboy,shaxram,isroil hattoki sanjarda ham yarim finalgacha unchalik qiyin raqiblar emas. Qolganlari 50/50. Jalolovni 1-raqamli qilib saralabdi qoil aiba.
   
24 avg 18:02:01
JasurBeK
1ta chiroyli jang yetadi. 2ta busa yana yaxshi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing