So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

25 avg 11:45
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ular JCHga boradilar #10: Bahodir Jalolov

Teglar :  Bahodir Jalolov
Germaniyadagi jahon chempionatida eng og'ir vaznda Bahodir Jalolov O'zbekiston sharafini himoya qiladi.

1994 yilda tug'ilgan surxondaryolik bokschi Dohada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Qitamizda bo'lib o'tgan dunyo birinchiligida Jalolov bronza medali sohibiga aylangandi.

So'nggi vaqtlarda tanqidlar ostida qolgan Bahodir Jalolov ham terma jamoamiz hisobiga medal qo'shib qo'yish uchun nomzod bokschilardan biri hisoblanadi. U Dohada Jazoir, Kuba, Iordaniya vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalgacha etib borgan va yakunda qozog'istonlik Ivan Dichkoga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.



Rio Olimpiadasida bayroqdor bo'lgan bokschi Braziliyadan bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat bilan qaytgan.

O'z vazn toifasida O'zbekistonning amaldagi chempioni hisoblanadigan Bahodir JCH chiptasini terma jamoadagi sheriklari singari Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida qo'lga kiritgan. Sportchi qita birinchiligida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylangandi. O'shanda u finalda o'zining principial raqibi Kamishbek Konkabaevdan ustun kelgandi.



Aynan Konkabaev ushbu jahon chempionatida Bahodirga yaxshigina qarshilik ko'rsatadi. Turnirda birinchi raqam ostida saralangan Bahodir Jalolovga jahon chempionligi yo'lida Konkabaevdan tashqari iordaniyalik Hussayn Iashish va kolumbiyalik Kristiak Kodazzilar halal berishga harakat qiladilar.


Aziz To'xtamurodov


Ular JCHga boradilar #9: Sanjar Tursunov

Ular JCHga boradilar #8: Bektemir Meliqo'ziev


Ular JCHga boradilar #7: Isroil Madrimov


Ular JCHga boradilar #6: SHahram G'iyosov


Ular JCHga boradilar #5: Iqboljon Xoldorov


Ular JCHga boradilar #4: Elnur Abduraimov


Ular JCHga boradilar #3: Murodjon Ahmadaliev


Ular JCHga boradilar #2: Jasurbek Latipov


Ular JCHga boradilar #1: Hasanboy Do'smatov



Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
25 avg 13:17:24
Ангрен
Шарманда килмсанг булди Боходир
+1   
25 avg 11:59:15
SarvarPARKENTLIK 2706
Aynan chorak finalda qamshibek va baxodir jangini körishimiz mumkin quraga köra. Umuman olganda mazkur jch.ning eng so'ngi 233 -jangi 2 sentyabr oqwomida wu 91+ vaznda final ekan. BAXODIR BU KUN O'ZBEK XALQI XOTIRASIDAN O'CHMAYDI. NEGALIGINI BILASAN. Hammamiz afsus bilan yodga olamiz. SHU BOISDAN HAM BIZNI HALQIMIZ SHU YORUG' KUNLARGA YETAKLAGAN INSON UCHUN HAM SHU 233 JANGDA YUT VA Dunyoda hech kimdan kam emas O'ZBEK DEGIN SHOXSUPADA !
   
25 avg 14:12:33
Aslanbek
Ангрен foydalanuvchining fikriga javob berish
Шарманда килмсанг булди Боходир
Мен хам яхши ният қилиб турибман. Ишқилиб шарманда қилмасин.
   
25 avg 13:40:58
Bek
Баходир Жалоловга рақиб сифатида келтирилган боксчилардан фақат Кункабаевни принципиал ва асосий рақиб сифатида қараш мумкин. Ҳуссайн Иашиш ва Кристиак Кодаззилар унга етарли даражада қаршилик қила олмайди. Баходир Кункабоев тўсиғидан ўтиб олса унга энг асосий рақиб сифатида Фрейзер Кларк, Магомедрасул Межидов ва Максим Бабанинлар қолади.
   
25 avg 13:38:08
Bek
Jokovich foydalanuvchining fikriga javob berish
kechagi AIBA saytida chiqqan xabarni davomini yozinglar
АИБА сайтида фақат Эльнур Абдураимов ва Санжар Турсуновнинг имкониятлари паст бахоланган ҳамда қолган боксчиларимизни совринли ўринларга давогарлик қилиши ҳақида прогноз қилинган.
   
25 avg 12:56:43
Jokovich
kechagi AIBA saytida chiqqan xabarni davomini yozinglar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing